Hamza Karimov "Neftchi"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2017
Tajribali himoyachi Hamza Karimov erkin agentga aylangani haqida xabar bergandik.

Og'ir jarohat tufayli uzoq vaqt futbol o'ynay olmagan himoyachi o'tgan yilgi mavsumni Navoiyning "Qizilqum" klubida o'tkazdi. Biroq ikkinchi davrada 4ta o'yindagina maydonga tushdi. Hamza Karimovning shartnomasi yakuniga etdi va u klubdan ketdi.

Bugun himoyachi Farg'onaning "Neftchi" klubining Toshkentdagi qarorgohiga keldi. Futbolchi hozircha jamoa bilan shartnoma tuzgani yo'q. Unga Qarshining "Nasaf" klubidan ham qiziqish bor ekan. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia