

- Uchrashuv kutganimizdan-da og'ir o'tdi, - deya so'z boshladi Hamidjon Aktamov. - Butun o'yin davomida bor e'tiborini himoyaga qaratgan jamoaga qarshi o'ynash doimo qiyin bo'lgan. Bugun raqibimiz darvozaboni va himoyachilari yigitlarimizning erkin harakat qilishlariga yo'l qo'yishmadi. Oddiy aytganda, natijadan ham, jamoamiz o'yinidan ham qoniqmadim. Afsuski, g'alaba qozona olmadik va muhim ochkolarni qo'ldan chiqardik.
Hozir futbolda nomlar hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. “Neftchi” jamoasi Navoiyga o'z yetakchisi Mansur Saidov hamda Muhsinjon Ubaydullaev, Murodbek Bobojonovsiz kelgan bo'lsa-da, o'zlari uchun ijobiy natijaga erishdi. Biroq, yigitlarimizga ko'plab vaziyatlarda aniqlik va omad yetishmadi. Bu - futbol! Qolaversa, bugungi issiq havoda to'p tepish har ikki jamoa a'zolarining o'z imkoniyatlarini to'la namoyish qilishiga to'sqinlik qildi.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.



