Hamidjon Aktamov: Bugun 2 ochko yo'qotdik

Eldor Akmurzayev
11 may 2019, 00:40
O'zbekiston superligasining 8-turidan o'rin olgan Nasaf hamda Qizilqum bahsidan (1:1) so'ng mexmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bugun muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Shaxsan menga bugungi bahs, juda ham maqul keldi. Jamoamizda ko'plab qulay imkoniyatlar bo'ldi. Lekin ulardan unumli foydalanishda biroz omadimiz kelmadi. Agar vaziyatlardan foydalanganimizda, uyga 3 ochko bilan qaytgan bo'lardik. To'g'risi, Nasaf jamoasiga hamisha havas ko'zi bilan qaraganman. Ushbu klubning infratuzilmasi, yoshlardan iborat jamoasi ko'rsatadigan o'yin menga juda yoqadi. Bugun ikki jamoa ham teng o'yin namoyish etdi va yakunda do'stlik g'alaba qozondi. Shogirdlarim men bergan vazifani 100 foizga beajarishga harakat qildi. Bugun 2 ochko yo'qotdik deb o'ylayman. Oxirgi o'yinlardagi ko'rsatayotgan natijalarimizga qaramasdan hali ko'p ishlashimiz zarur. Xurshid Olimov sekin asta o'yindan-o'yinga moslashib, asosiy tarkibda o'zining o'rnini topib bormoqda. Mavsum avvalidagi Nasaf bilan o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinlari bilan rasmiy o'yinni solishtirib bo'lmaydi. Ariagner Smit Medina hali mintaqamizga moslashib keta olmadi. Qizilqum superliganing eng yoshi katta jamoasi emas. Bu eski ma'lumot”, – deya so'zlarini yakunlagan murabbiy. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia