-Taqvimga ko'ra, bu yilgi mavsum jamoamiz a'zolari uchun bir muncha murakkab boshlanishini avvaldan bilardik, - deydi Hamid G'ulomovich. - Chempionatni safarda amaldagi mamlakat chempioni va O'zbekiston kubogi sohibi “Bunyodkor”ga qarshi boshlash, o'z maydonimizda bitta uchrashuv o'tkazib, so'ngra ketma-ket ikki o'yinni safarda “Paxtakor” va “Neftchi”ga qarshi o'tkazish oson emas, albatta.
-Shunga qaramay, biz bu murakkabliklarga yigitlarimizni tayyorlay olganimizdan xursandman. Farg'onaga faqat g'alaba ishtiyoqida tashrif buyurgandik. Afsuski, futbol maydoni holatining yaxshi emasligi o'zimiz kutgan o'yinni namoyish qilishimizga yo'l bermadi. Jamoamiz tarkibida bugun Eldor Boymatovning maydonga tushmaganligi ham sezildi.
-Umuman olganda, jamoamiz a'zolarining o'yinidan ko'nglim to'ldi. Biroq natijadan qoniqmadim. To'g'ri, hakamlar ishiga baho bermoqchi emasmanu, ammo ayrim vaziyatlarda ularga biroz xolislik yetishmagandek ko'rindi.
-O'z navbatida “Neftchi” muxlislarining faolliklariga havasim keldi. Qolaversa, bizni qo'llab-quvvatlash uchun uzoq Navoiydan vodiyga tashrif buyurgan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. Keyingi uchrashuvlarda ularni o'zimizning chiroyli o'yinimiz va g'alabalarimiz bilan xursand qilishga harakat qilamiz, albatta.