Hakamlar Messining Valensiyaga urgan golini hisoblashmadi FOTO

Narzulla Saydullayev
27 noya 2017, 02:38
Ispaniya chempionatining 14-turida Valensiya – Barselona (1:1) uchrashuvi bosh hakami Ignasio Iglesias Vilyanueva mehmonlarning toza golini inobatga olmadi.

Lionel Messi hisob 0:0 bo'lib turgan vaqtda Neto darvozasiga gol urdi, ammo hakamlarni buni ko'rmay qolishdi. Bosh hakamga qanotlarda Alfonso Kostoyya Rodriges va Enrike Ramos Ferreyros yordam berishmoqda.

Ma'lumot uchun, Ispaniyada keyingi mavsumdan boshlab videotakrorlar qo'llaniladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia