Haftaning eng ta’sirli surati: Ramos Ramosni ko'rgani keldi

Aslanov Jasurbek
13 okt 2017, 10:51
Serxio Ramos Isroilda otasi yo'q Ramosni ko'rgani bordi.

Taxminan bir oy avval isroillik katta serjant Xail Setaui oilasida farzand dunyoga keldi va ota "Real" himoyachisi Serxio Ramosni futbolchi sifatida yaxshi ko'rgani uchun o'g'liga Ramos deb ism qo'ydi. Ikki hafta oldin kichkina Ramosning otasi terroristlar tomonidan o'ldirildi.

"Real" sardori Serxio Ramos bu tragedik voqeani eshitib, bolakayni ko'rgani kasalxonaga bordi. Bu vaqtda Ispaniya terma jamoasi JCH-2018 saralash uchrashuvi uchun Isroilga kelgan edi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com