"Ha". Grizmann 2018 yilda "Oltin to'p"ga loyiq bo'lgani haqidagi savolga javob berdi

Narzulla Saydullayev
25 noya 2023, 20:35
Antuan Grizmann o'zini 2018 yilda "Oltin to'p"ni yutishga loyiq bo'lgan deb hisoblaydi.

Oldinroq Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham shunday degan edi: "Grizmann uning mavsumi va jahon chempionati titulini hisobga olganda 2018 yilda "Oltin to'p"ni yutishi mumkin edi. Antuan o'zi loyiq bo'lgan maqtovni olmaydi.

"Atletiko" hujumchisi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi internet foydalanuvchilarining savollariga javob berdi. Video Youtube'dagi Futbol Emotion kanalida chop etildi. Muxlislardan biri Grizmanndan so'radi: "Nima deb o'ylaysiz, "Oltin to'p"ga loyiqmidingiz?".

Futbolchi engil jilmayish bilan "ha" deb javob berdi.

2018 yildagi "Oltin to'p" sohibi "Real" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich bo'lgandi, u ovoz berishda 753 ball to'plagan. Grizmann esa 414 ochko bilan uchinchi bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: RMC Sport