Gyundogan "Yuventus"ga o'tishga rozi

Narzulla Saydullayev
22 may 2014, 19:50
"Yuventus" Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan bilan kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda Italiya matbuoti.
Endi Italiya klubi Germaniya klubi bilan transfer summasi borasida kelishuvga erishishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Gyundogan o'tgan yil yozda jarohat olib bu mavsum maydonga tushmadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru