Gyundogan mavsum oxirigacha maydonga tushmasligi mumkin

Narzulla Saydullayev
16 dek 2016, 09:41
Manchester Siti yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganning Uotfordga qarshi o'yinda olgan jarohati jiddiy bo'lib chiqishi mumkin.

Dastlabki tibbiy tekshiruvga ko'ra 26 yoshli germaniyalik futbolchi o'ng tizzasi mushaklari shikastlanganni ko'rsatdi, bu esa uning mavsum oxirigacha maydonga tushmasligini anglatadi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Yakuniy xulosa bugun bo'ladigan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi.

May oyida u aynan shu tizzasini operaciya qildirgan va Evro-2016ni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan edi.

Saytimizning Facebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk