Gyundogan "Manchester Siti"ni "Barselona"ga almashtirishga tayyor

Alisher
10 iyun 2021, 13:12
Xavbek Ilkay Gyundogan "Manchester Siti"dan ketish haqida o'ylab qoldi.

Nemis futbolchisiga faoliyatini Kataloniyaning "Barselona" klubida davom ettirish qiziq.

Yarim himoyachi ispan klubining qiziqishi sabab "shaharliklar" bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to'xtatdi. Ilkay argentinalik Lionel Messi bilan bir jamoada o'ynashni xohlaydi.

Eslatib o'tamiz, Gyundoganning Angliya klubi bilan tuzgan amaldagi mehnat shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Xavbek o'tgan mavsum APL doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun