Gyundogan Gvardiola va Klopp o'rtasidagi farqni aytdi

Eldor Akmurzayev
25 mar 2021, 21:15
“Man Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan hozirgi ustozi Pep Gvardiola va sobiq murabbiyi Yurgen Kloppni taqqosladi.

U Klopp bilan “Borussiya D”da birga ishlagan.

“Pep va Yurgen tubdan farq qiluvchi murabbiylar. Ikkalasi ham qoyilmaqom, ikkisida ham men chiqishib ketoladigan xislatlar bor.

Ammo Klopp – sizni jangga tayyorlovchi motivatordir, Pep esa o'yinning taktik detallariga aqlbovar qilmas darajada ahamiyat beradi.

Unga doimo reja kerak, u o'yinda to'liq intizomni ko'rishni istaydi. Mana nima sababdan u aqlli, tez moslashuvchan va universal o'yinchilarni xush ko'radi”, deydi Gyundogan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mr Porter