Gyotcega yana bir da'vogar topildi

27 mar 2020, 01:31
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Mario Gyotce tez orada jamoani tark etadi.

Avvalroq germaniyalik futbolchi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

"Milan" Gyotceni qo'lga kiritishi mumkin

"Sport 1" ma'lumotlariga qaraganda, "Bayer" klubi ham xavbek bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqmoqda. Eslatib o'tamiz, Gyotce yozda erkin agentga aylanadi. Bundesliganing joriy mavsumida 13 o'yinda maydonga tushgan 27 yoshli futbolchi raqiblari darvozasiga 3 bor yo'l topgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport 1