Gvardiola Xolandning o'yiniga qanday baho berdi?

Mirjalol Normatov
14 avg 2022, 14:14
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchisi Erling Xolandning o'yiniga baho berdi.

"Bornmut"ga qarshi o'yinda norvegiyalik forvard 8 marta to'pga tegingan va ularning ikkitasidagina aniq pas amalga oshirgan - biri Ilkay Gyundoganga golli pas, ikkinchisi markazdan o'yinni boshlashda.

"Hujumda uch markaziy himoyachi va uch markaziy yarim himoyachiga qarshi o'ynash - futboldagi eng qiyin vazifalardan biri.

Hali bunday holat juda ko'p bo'ladi, buni vaqt ko'rsatadi. Uning sifatini hisobga olsak, hali juda ko'p paslar oshira olamiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal