Gvardiola: "Siti" va MYU o'rtasida bunday katta farq bo'lishini kutmagandim"

Mirjalol Normatov
8 mar 2020, 12:18
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'z jamoasi va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi farq haqida gapirdi.

"3-4 yil ichida biz va "Manchester Yunayted" o'rtasida shunday katta farq bo'lishini kutmagandim. "Yunayted" borasida menda hech qanday shubha yo'q. Bosh murabbiy ham vaziyatdan kelib chiqqan holda jamoani ajoyib tarzda boshqarmoqda.

"Yunayted" yanada yaxshi bo'lish uchun ishlamoqda. Biz esa rivojlanyapmiz. Biroq oradagi farqni barcha ko'rib turibdi", - dedi Gvardiola.

Manchester derbisi bugun 21:30da start oladi. "Siti" ayni damda APLda 57, "Yunayted" esa 42 ochko jamg'argan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal