Gvardiola: "Ronaldu qayerda o'ynashini o'zi hal qiladi"

Aslanov Jasurbek
27 avg 2021, 19:09
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Yuventus"ni tark etayotgan Krishtianu Ronalduning kelajagi haqida gapirdi.

"Krishtianu qayerda o'ynashni o'zi hal qiladi.

Ronaldu va Messi aql bovar qilmas darajada o'yin namoyish etadi. Bular so'nggi 20-30 yildagi eng yaxshi futbolchilardir", - dedi Gvardiola.

Ma'lumot uchun, Ronaldu "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin. Ingliz klubi futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qilgan hamda "Yuventus"ga 30 million evro to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/sistoney67