Gvardiola o'zidan so'ng “Manchester Siti”ni kim boshqarishini aytdi

21 sen 2019, 07:32
Pep jamoadagi ayni damdagi yordamchisi Mikel Arteta haqida gapirdi.

“U meni almashtirishiga ishonchim komil. Unga omad kulib boqadi. Ertami yoki kech Arteta baribir bosh murabbiy bo'ladi. U hozir ancha yosh. Ammo u taniqli futbolchilar va katta klublar bilan ishlash tajribasiga ega. Unda qoyilmaqom mehnat etikasi bor. Artetada bo'layotgan voqealarni tahlil qilish hamda qaror qabul qilish qobiliyati bor”, - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports