Gvardiola "Oltin to'p" yutishi uchun De Bryuynega nima kerakligini aytdi

Aslanov Jasurbek
12 fev 2018, 11:08
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening o'yinidagi o'sish va "Oltin to'p" uchun kurashdagi imkoniyati haqida fikr bildirdi.

"De Bryuyne bir kun kelib dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishiga shubha qilmayman. Ammo u "Oltin to'p"ni yutishi uchun ko'p sovrin qo'lga kiritishi kerak. Buning uchun Chempionlar ligasida g'olib bo'lish yoki ushbu turnirning eng oxirgi bosqichlarigacha yetib borishi kerak.

Kevin "Lester"ga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdi, Yevropada undan yaxshisini topish qiyin. Bu shunchaki bitta o'yin emas, u har doim shunday o'ynaydi" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport