Gvardiola nimadan afsuslanayotganini aytdi

Khoja
14 yanv 2025, 12:25
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'tgan yozda futbolchi sotib olmagani uchun afsusda ekanligini ma'lum qildi.

Men rahbariyatga yozda hech qanday futbolchi kerakmasligini ma'lum qilgandim. Bundan esa hozir afsuslanaman. Men shu tarkib bilan yaxshi natijalarga erishishimga ishongandim. Biroq mavsum boshidagi jarohatlar bizning barcha rejalarimizni buzib tashladi. Menimcha, biz yozda ham yaxshi xaridlarni amalga oshirishimiz kerak bo'lgan ekan, - deb fikr bildirdi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, Man Siti qishki transfer oynasida katta mag'lab sarflamoqda. Ular Abduqodir Husanov, Vitor Reys va Omar Marmush kabi futbolchilarning xaridi uchun taxminan 160 million evrodan voz kechmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com