Gvardiola Mourinyoni ortda qoldirib, APL rekordini o'rnatdi

28 fev 2021, 08:09
APL 26-turi doirasida “Manchester Siti” o'z maydonida “Vest Xem Yunayted”dan ustun keldi -2:1.

Opta Joe ma'lumotlariga ko'ra, Gvardiola “ManSiti” ustozi sifatida APLda 200-g'alabasini nishonladi. Buning uchun ispaniyalik murabbiyga 273 uchrashuv kifoya qildi. Gvardiola APL murabbiylari orasida 200 g'alabalik dovonni eng tez bosib o'tishga erishdi. U bu borada Joze Mourinyoning rekordini ortda qoldirdi. Portugaliyalik mutaxassis 200 g'alabaga erishish uchun 309 ta uchrashuv o'tkazishiga to'g'ri kelgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Joe