Gvardiola: "Messigacha Ronaldinyoga o'xshashini ko'rmaganman"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2018, 12:57
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shu hafta faoliyatini yakunlagan braziliyalik hujumchi Ronaldinyo haqida fikr bildirdi.

Ronaldinyo "Barselona"da porlaganida, Gvardiola kataloniyaliklarni shug'ullantirar edi. 2008 yilda Pep ko'k-anorranglilar ustoziga aylandi, braziliyalik esa klubni tark etdi.

"Ronaldinyo - klubning qadrini ko'tarish uchun eng ko'p harakat qilgan futbolchi.

Laportadek ajoyib prezident qo'l ostida va Ronaldinyodek futbolchi bilan klubning yo'nalishi o'zgardi.

U ko'p yillar davomida fantastik o'yin ko'rsatdi va chempionat va Chempionlar ligasida g'olib bo'ldi. Ronaldinyo - boshqa darajadagi futbolchi.

Messigacha "Barselona"da Ronaldinyoga o'xshashini ko'rmaganman. Uning o'yinlarda g'alaba qozonish sifati juda ajoyib edi" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport English