Gvardiola: "Maqsadimiz yilni yana bir sovrin bilan tugatish"
Narzulla Saydullayev
15 dek 2013, 17:01
"Bavariya" ustozi Xosep Gvardiola Marokashdagi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida klub oldiga qo'yilgan maqsadlar haqida aytib berdi.
"Bavariya"ni ajoyib 2013 yil bilan tabriklayman. Futbolchilarim klublar o'rtasidagi mundial haqida o'ylashmoqda. Endi biz Marokashga boramiz, yilni yana bir sovrin bilan tugatmoqchimiz", - deydi Gvardiola.