Gvardiola "Manchester Siti"ni 2023 yilda tark etishni rejalashtirmoqda

Aslanov Jasurbek
15 sen 2021, 19:27
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2023 yilda hozirgi jamoasini tark etishi mumkin.

Manbaga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis "shaharliklar" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.

Xabar berilishicha, Gvardiola terma jamoalar bilan ishlash niyatida. Murabbiy Ispaniya terma jamoasini boshqarishni rejalashtirmoqda, u Luis Enrikening o'rnini egallashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola 2016 yilda "Manchester Siti"ni qabul qilib olgandi. Bu vaqt ichida "shaharliklar" uch marta Angliya chempioni bo'lishdi va bir marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqishdi, biroq "Chelsi"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun