Gvardiola: “Man Siti” ayni dam APL chempionligi haqida o'ylaydigan holatda emas”

Eldor Akmurzayev
6 fev 2023, 09:10
Angliya chempionati 22-turida “Tottenxem”ga uchralgan safardagi mag'lubiyat (0:1)dan keyin “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Odatdagidek, “Tottenxem” qarshi bahsni uy va safarda bo'lgani kabi ajoyib boshladik, ammo xatoga yo'l qo'yganimizdan keyin jazolandik. 0:1 dan keyin barchasi boshqa tomonga o'zgardi. Bizda imkoniyatlar bo'ldi, lekin, Son va Kulushevski fazasida to'pni yo'qotib qo'ysangiz, bu juda qiyin bo'ladi. Uch ochkoni qo'ldan boy berdik.

“Tottenxem” maydonidagi omadsizlikalrga kelsak, ertami-kechmi hammasi o'zgaradi, ammo bu yerda birorta ham gol urmaganimiz g'alati, oldin penaltidan ham gol urmaganmiz. Buni tushuntirish mushkul.

Chempionlikni o'ylaydigan holatda emasmiz, faqat keyingi o'yin – “Aston Villa”ga qarshi bahsga e'tiborimizni qaratamiz. Yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz va qo'limizdan kelganicha o'ynaymiz.

“Tottenxem”da fantastik jamoa va tarkib bor, bu orqali ular sizni jazolaydi”, deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports