Gvardiola jazolanmaydigan bo'ldi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2017, 14:00
Angliya futbol assotsiatsiyasi "Sautgempton"ga qarshi APLning 14-tur uchrashuvidagi ishi uchun "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola jazolanmaydigan bo'ldi.

Mankunianlar Raxim Sterlingning 96-daqiqasidagi goli tufayli g'alabaga erishishdi.

Uchrashuvdan so'ng Gvardiola maydonga tushdi va Natan Redmondga qarab baqira boshladi. Murabbiyning hissiyotlarga boy gaplarini eshitgan Redmond o'zini xotirjam tutdi. Matbuot-anjumanida Gvardiola nega bunday qilgani haqida tushuntirish berdi.

4 dekabr kuni tartib-intizom qo'mitasi Gvardiolani eshitdi va uni jazolamaslikka qaror qildi. Ispaniyalikka uning asosiy vazifalari va bunday harakatlarni takrorlamaslik haqida eslatib qo'yishdi.

Gvardiola "Sautgempton" xavbekiga baqirdi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС