Gvardiola: “Jamoam bilan faxrlanaman”

11 noya 2019, 07:05
“Man Siti” ustozi Xosep Gvardiola “Liverpul”ga boy berilgan bahsdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Jamoam bilan faxrlanaman. Bazi bir jamoalargina “Enfild”ga biz kabi o'yin ko'rsatish uchun kelishi mumkin. Hammasini yaxshi boshladik, dovyuraklik namoyish etdik. Axir ular Yevropa chempionlari, “Enfild” esa dunyodagi g'alaba qozonish qiyin bo'lgan stadion. Ularda atigi ikkita zarba bo'lgandi, afsuski, ularning ikkisi ham golga aylandi. Hamma ham bu gollarga biz kabi reakciya bildira olmaydi. Bu jamoamning eng yaxshi o'yinlaridan biri bo'ldi. Kerakli qadamlarni tashlashda davom etishimizga umid qilaman”, - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport