Gvardiola jamoalari 2011 yildan buyon finalga chiqa olmayapti

Mirjalol Normatov
16 avg 2020, 13:15
Tunda Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" YCHL 1/4 finali doirasida "Lion"ga mag'lub bo'ldi.

Gvardiola jamoalari 2011 yildan buyon YCHL finaliga chiqa olmayapti. O'shanda Pep boshchigidagi "Barselona" YCHLda bosh sovrinni qo'lga kiritgandi.

2012 yili kataloniyaliklar yarim finalda to'xtadi. Shundan keyin Pep bir mavsum dam oldi. "Bavariya" boshqaruvida esa u ketma-ket uch marta yarim finalda turnirni yakunladi.

Gvardiolaning ilk mavsumida "Siti" 1/8 finalda ishtirokni yakunladi. Keyingi uchtasida esa so'nggi manzil chorak final bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal