Gvardiola: "G'alabaga loyiq bo'lish kerak. "Siti" bunga loyiq emasdi"

Aziz Tukhtamuradov
12 yanv 2023, 09:10
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Sautgempton"ga qarshi o'yindan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.

"Kuchli jamoa g'alaba qozondi. Biz yaxshi o'ynay olmadik, ayniqsa uchrashuv boshida. Uchrashuvni yomon boshlab, keyin vaziyatni o'nglagan o'yinlarimiz ko'p bo'lgan. Lekin bu safar emas.

Siz bunday o'yinlarga tayyor bo'lmasangiz gol uchun sanoqli santimetrlar etmay qoladi. Tayyor bo'lsangiz gol ura olasiz. 

Bu yomon oqshom edi. Raqib yaxshi o'ynadi va ularni tabriklaymiz. O'yinda g'alaba qozonish uchun bunga loyiq bo'lish kerak. Biz loyiq emasdik", - dedi Gvardiola. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC