Gvardiola faoliyatidagi eng yaxshi chempionlik tituli qaysi ekanligini oshkor etdi

Eldor Akmurzayev
13 may 2019, 22:40
Manchester Siti ustozi Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi qo'lga kiritgan eng yaxshi chempionlik sovrini haqida gapirdi.

“Joriy mavsum chempionlik uchun kurash mashaqqatli bo'lgan uchun, qo'lga kiritgan sovrinimni eng yaxshisi deya olamanmi? Yo'q, men bunday demagan bo'lardim. Realni Madridda 2:6 hisobida taslim etib, Barselona bilan ilk mavsumdagi birinchi titulim men uchun quvonchli onlarni taqdim etgandi. Biroq, Liverpul bilan g'oliblik uchun bo'lgan kurashni hisobga olsak, bu yilgisi qiyinroq qo'lga kiritildi”, – deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca