Gvardiola: "De Bryuynening tovon puli - 250 mln evro"

Tolibjon Qosimov
14 sen 2018, 10:24
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Kevin de Bryuynening narxi qancha ekanini aytdi.

"U juda yaxshi. U juda harakatchan o'yinchi. Belsa ("Lids" bosh murabbiyi) menga o'zining eng sevimli futbolchisi De Bryuyne ekanligini aytdi. U hamma narsani uddalaydi, o'zgacha yigit.

Uning tovon puli - 250 million evro. Shunday ekan kechirasiz, u sotilmaydi", - dedi Gvardiola.

De Bryuyne yanvarda "Manchester Siti" bilan shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com