Gvardiola De Bryuyne qachon mashg'ulotlarga qaytishini aytdi

Aslanov Jasurbek
28 sen 2018, 18:12
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Brayton"ga qarshi bo'ladigan Angliya Premer-ligasining 7-tur uchrashuvidan oldin, jamoaning tayyorgarligi haqida gapirib berdi.

"Kevin De Bryuyne davolanishni davom ettirmoqda va tez orada mashg'ulotga qaytishi mumkin. U va Benjamen Mendida hammasi yaxshi.

Foden shartnomasi haqida hech narsa deya olmayman. Fil bu yerda qolmoqchiligiga hech kim shubha qilmayapti. Tez orada yangilik bo'lishi mumkin, ammo bu jarayonda men ishtirok etmayman.

"Brayton" futbolchilari uzoq vaqtdan beri birga, ular bir-birini yaxshi tushunishadi. Jamoa yaxshi tashkillashgan. Bizni qiyin bahs kutib turibdi" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/mancity