Gvardiola: "Charchadim"

Tolibjon Qosimov
15 may 2024, 12:01
Tunda APL 34-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahs bo'lib o'tdi.

Unda "Tottenxem" o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu g'alabadan keyin chempionat tugashiga 1 tur qolganda Xosep Gvardiola shogirdlari yana peshqadamlikni qaytarib olishdi. Bellashuvdan keyin Gvardiola fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizni Shtefan Ortega qutqardi. Aks holda, "Arsenal" Premer liga chempioni bo'lardi. Ortega birga-birda men hayotim davomida ko'rgan darvozabonlar orasida eng yaxshilaridan biri.

Men charchadim, bugun dam olaman. Ertaga esa "Vest Xem" haqida o'ylashni boshlaymiz", - dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 86-daqiqasida hisob 1:0 bo'lib turganda Son Xyon Min jarohat olib maydonni tark etgan Ederson o'rniga tushgan Ortega bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketadi. Sonning zarbasini Stefan oyoqlari bilan qaytarib qoladi.

FOTO  Orteganing seyvi Gvardiolani yiqilishga majbur qildi


Angliya Premer ligasi turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> APL

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/centregoals