

Ayni damda "shaharliklar" Angliya Kubogi, YCHL va APLda bosh sovrin uchun kurashmoqda.
"Bu ishni bajarish uchun biz hali anchagina uzoqdamiz, ahamiyat bering. 11 o'yin. Anchagina uzoq.
Oldin ham aytdim, bu ishni Angliyada faqatgina bir jamoa qila olgan - qo'shnilarimiz", - dedi Gvardiola.
"Manchester Yunayted" 1999 yili Yevropaning uch asosiy sovrinini qo'lga kiritgandi.



