Gvardiola: "Biz hali hamon chempionlik kurashidamiz"

Mirjalol Normatov
26 fev 2023
APLning 25-turi doirasida "Bornmut"ga qarshi o'yindan keyin "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Nottingem" bilan solishtirganda "Bornmut"ga qarshi yaxshiroq o'yin ko'rsatdik, ko'proq vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq afsuski Nottingemda g'alabaga erisha olmadik, futbol bu futbol. Biroq APL chempionligi uchun kurashda davom etamiz, raqib "Arsenal" chempionlik uchun juda qattiq bel bog'lagan. Oldinda o'yinlar ko'p, hali ko'p narsa o'zgarib kyetishi mumkin", - dedi mutaxassis.

Ayni damda "Manchester Siti" 55 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. 1 zaxira o'yini bor peshqadam "Arsenal" 2 ochko oldinda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal