

“Shaharliklar” rahbariyati London klubiga 36 yoshli ispan mutaxassisi bilan muzokara olib borishga ruxsat berdi. Bunga klub sport direktori Chiki Begiristayn hamda bosh murabbiy Pep Gvardiola ham shaxsan rozilik bildirishgan.
Ma'lumot uchun avvalroq Artetaning Arsen Venger o'rniga “Arsenal” bosh murabbiyi bo'lishi uchun asosiy nomzod ekanligi ma'lum bo'lgan edi.



