Gvardiola: "Arablarning puli ko'p. Biroq men Messini sotib olishni istamayman"

Mirjalol Normatov
2 noya 2018, 21:59
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Barselona" forvardi Leo Messini sotib olishni istamaydi.

Oldinroq "Siti" argentinalik futbolchi uchun yiliga 50 mln evro maosh taklif qilgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

"Barselona"ni tark etib, "Bavariya"da ishladim. Keyinchalik "Manchester Siti"ga keldim. Biroq hech kimdan Messini sotib olishlarini so'ramadim. Mish-mishlar yolg'on. Men ikki klubning rahbariyatiga Messi kerak, deb aytmaganman.

Leo "Barselona"ga qanchalik kerak bo'lganini yaxshi bilaman. Arablarning puli ko'p. Ammo ming marta aytganman: Messi "Barselona"da qolishini istayman", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun