

"Ko'proq gol urish kerakligini tushundim - bu asosiysi. Uy uchrashuvlarida ko'p ochko yo'qotdik. Raqib ikki, uch yoki to'rtta vaziyat yaratishini tushunsa bo'ladi. Ammo uy uchrashuvlarida etarlicha gol ura olmadik.
Shu sababli vaziyatlar yaratish va ko'proq gollar urish uchun yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Agar buni yaxshilay olsak, "Tottenxem" va "Chelsi" bilan farqimiz kamayadi. Agar buni uddalay olmasak, hammasi hozirgidek qoladi" - deydi Gvardiola.



