

"Oldinda juda ko'p o'yinlar bor. Agarda "Liverpul" g'alabaga erishadigan bo'lsa, barcha 9 ochkolik farq katta ekanligini gapirishadi. Agarda biz g'alaba qozonsak, muxlislar o'tgan mavsumdagi holatni eslashadi.
Hozircha chempionlik borasida gapirishga juda erta. Oldinda 6 oy bor va dunyoning eng qiyin ligasida barcha narsa bo'lishi mumkin. Mavsum yakuniga qadar natijalarni oldindan aytishning shunchaki ilojisi yo'q.
O'tgan mavsumda yakuniy farq 1 ochkoni tashkil qilgandi. Shu boisdan yakuniy natijaning qanday bo'lishi ham anchagina ahamiyat kasb etadi. "Chelsi" yoki "Nyukasl"ga qarshi o'yinning natijasi esa bu o'yinga ta’sir qilmaydi. Chunki barchaning diqqat-e'tibori shu o'yinga qaratilgan.
"Liverpul" jadvalda karvonboshi. Ammo muxlislarimiz biz ohirigacha kurashishimizni bilishadi. Shunisi aniqki, noyabr oyida hech nima hal bo'lmaydi", - dedi Gyundogan.



