"Guanjou Evergrand" "Barselona"dan Paulinoni sotib oldi

"Barselona" direktorlar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda "Guanjou Evergrand" 2018 yil yozida ijaraga olingan yarim himoyachi Paulinoni sotib olish variantini ishga tushirganligi ma'lum bo'ldi. Klub transfer miqdorini oshkor qilmadi. Ammo, kelishuv ikki tomon uchun ham foydali bo'lgani takidlandi.

30 yoshli xavbek 2018 yilgi Xitoy chempionatida 19ta o'yinda, hisobiga 13ta gol va 7ta  assist yozdirib qo'yishga erishdi.

Rasman: Paulino “Guanchjou Evergrand”ga qaytdi


Manba: fcbarcelona.com