

Tibilisining "Lokomotiv" klubiga qarshi kechgan uchrashuvda To'ychiboevning jamoasi 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'zbekistonlik yarim himoyachi ushbu uchrashuvda to'liq o'ynadi va jamoadagi debyut golini urdi.
Sakkizinchi turdan so'ng "Torpedo Kutaisi" turnir jadvalida 10ta jamoa orasida 9 o'rinni egallab turibdi. Klub joriy mavsum hali g'alaba qozonmadi. 5ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etgan. Murod To'ychiboev bunga qadar bitta golga ham assistentlik qilgan edi.



