

So'nggi kunlarda kataloniyaliklar maoshi yuqori futbolchilarni sotib yuborish borasida o'ylay boshladi. Klubning moliyaviy holati yuqori emasligi ham ayrim futbolchilarning sotilishiga sabab bo'lishi kutilmoqda.
Oldinroq Antuan Grizmannga "Manchester Siti" va "Atletiko" da'vogarlik qilayotgandi. Ammo oxirgi paytlarda klublar bu borada "sovigan". Shu boisdan "Chelsi" klubi "Barselona" bilan faol muzokaralar olib bormoqda va aynan ular futbolchi uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi.
O'tgan mavsumda futbolchi 36 o'yinda qatnashib, 13 gol va 7 assist qayd etdi.



