Grizmann: "Nimalar bo'lganini tushuna olmayapman"

Mirjalol Normatov
9 iyun 2019, 16:42
Fransiya termasi futbolchisi Antuan Grizmann Turkiyadan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Nimalar bo'lganini tushuna olmayapman. Biz o'yin rejalaridan keskin chekindik. Raqib darvozasi oldida umuman xavfli vaziyat yarata olmadik va birorta zarba berishni uddalamadik. Juda yomon o'ynadik. Oddiy xatolar tufayli gollar o'tkazib yubordik. Bugun biz raqibdan kuchli emasdik. Mag'lubiyatga loyiq o'ynadik", - dedi Grizmann.

Ushbu g'alabadan keyin Turkiya turnir jadvalida Fransiyadan o'tib ketdi va yaqqol karvonboshiga aylanib oldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: GFFN