Grizmann Messi haqidagi fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2021
"Barselona" futbolchisi Antuan Grizman jamoadoshi Lionel Messi haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Munosabatlarimiz yaxshi. Biz yaxshi chiqishamiz. Mashg'ulotlarda ko'p gaplashamiz. 

Shubhasiz, u bilan birga o'ynash oson. Sen Messiga qovun bersang, uni ikraga aylantira oladi. 

Bu yil bazi qiyinchiliklar bo'ldi, chunki bizda jarohatlar ko'p edi. Futbolchilar o'zlarining asl poziciyalarida o'ynay olishmadi. Biz yangi futbolchilar bilan birga yangi mavsumni kutmoqdamiz", - dedi Grizman. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L’Equipe