Grizmann Lyakazettga: "Seni "Xaddersfild"ga sotib yuboraman"

Alisher
15 avg 2019
Fransiyalik hujumchilar Antuan Grizmann va Aleksandr Lyakazett "Twitter"da videoo'yindagi holat borasida gaplashishdi.

Grizmann ijtimoiy tarmoqqa futbol menejyerdagi "Arsenal" tarkibini joyladi. Bu tarkibda esa Lyakazett yo'q edi.

Vatandoshi undan: "Men qayerdaman?" deb so'radi. "Barselona" o'yinchisi esa unga: "Biz 2021 yilda barcha sovrinlarni yutamiz, ammo 2023 yilda seni "Xaddersfild"ga 23,5 million evro evaziga sotib yuboraman" deb aytgan.

Eslatib o'tamiz, Lyakazett "Arsenal"ga 2017 yozida "Lion"dan o'tgan edi. Uning transferi "kanonirlar"ga 53 million evroga tushgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AntoGriezmann