Grizmann JCH-2022 favoritlarini aytdi

Eldor Akmurzayev
23 apr 2022, 10:00
“Atletiko” va Fransiya TJ forvardi Antuan Grizmann Qatardagi mundial g'olibligiga asosiy davogarlar haqida fikr bildirdi.

“Braziliya, Argentina, Ispaniya va Fransiya. Oldinda hali vaqt bor, xotirjamlikni saqlab qolamiz.

Bizda yaxshi jamoa yig'ilgan, qatorasiga 9 o'yinda beri yutqazmayapmiz. Bu esa yaxshi belgi.

Ketma-ket ikkinchi marotaba jahon chempionligini qo'lga kiritish? Bu juda qiyin vazifa”, deydi Grizmann.

Eslatib o'tamiz, Fransiya termasiga JCH-2022 guruh bosqichida Daniya, Tunis va pley-off (BAA/Avstraliya/Peru) bahsi g'olib raqiblik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Get French Football News