Grizmann "Barselona" va "Atletiko"dan birini tanladi

Alisher
10 yanv 2022, 11:55
Madridning "Atletiko" klubida ijarada o'ynayotgan forvard Antuan Grizmann "Barselona"ga qaytishni xohlamayapti.

U bu haqda ispan jurnalistlari bilan suhbatda aytib o'tdi.

"Diego Simeone qo'l ostida ishtirok etishda davom etishni xohlayman. Qaytganimdan juda ham mamnunman. Ijara kelishuvi yakunlanganidan keyin shu yerda qolishga umid qilaman.

Klubning ham shuni xohlayotganiga ishonaman. Men "Atletiko" bilan tarix yozishni xohlayman", - deydi hujumchi.

Antuan ayni damda lazaretda. Uning Chempionlar Ligasi pley-off o'yinlariga yaqin qaytishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo