Grizmann "Atletiko"ning taklifini rad etdi

Mirjalol Normatov
4 mar 2018, 17:19
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann jamoasi bilan shartnomasini uzaytirish borasidagi taklifga rad javobini berdi.

"Le10Sport" nashri xabariga ko'ra, "matraschilar" rahbariyati 26 yoshli futbolchining maoshini yiliga 7 mln evrodan 10 mln evrogacha ko'tarishga rozi bo'lishgan. Biroq bu fransiyalikni qanoatlantirmagan. Unga "Barselona" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
Ushbu mavsumda Grizmann "Atletiko" uchun 33 uchrashuv o'tkazdi va 20 gol urib, 10 golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le10Sport