Grinvud MYUni tark etadigan ko'rinadi. Meysonga bog'liq turli mish-mishlar tarqalmoqda

Aslanov Jasurbek
27 mar 2023, 19:48
Barcha ayblovlari olib tashlangan Meyson Grinvud "Manchester Yunayted"da qolmaydiganga o'xshayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi haqida turli mish-mishlar tarqalmoqda. Ulardan birida, futbolchi Krishtianu Ronalduni "Real"da o'ynagan paytida "o'lik" deya atagan ekan. Shundan so'ng, murabbiylar Meysonga o'zini yaxshi tutishi haqida ko'rsatmalar berishgan.

Yana bir mish-mishda futbolchi yoshlar jamoasidagi do'stlariga ortiqcha gapirgan. U istagan jamoadoshini "axlat" deya olgan va mashg'ulotlarda kutilmagan voqealar sodir bo'lsa "Manchester Siti"ga o'tib ketish bilan tahdid qilgan.

Ayni damda 21 yoshli futbolchi sevgan qizi Xerriet Robsonga hujum qilgani uchun MYU mashg'ulotlaridan chetlatilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic