Grigoriy Kolosovskiy: "Birinchi bo'limda barcha masalani hal qilishimiz shart edi"

Narzulla Saydullayev
28 sen 2016, 20:47
"Paxtakor" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi o'yin haqida fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limni ajoyib o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda himoyaga e'tibor qaratdik va raqibni orqaroqda kutib oldik. Raqib kuchli jamoa edi. "Lokomotiv" tanaffusdan keyin vaziyatlarga ega bo'ldi. Biz birinchi bo'limda barcha masalani hal qilib tashlashimiz shart edi. Afsuski, imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Ikkinchi bo'limda hujumda to'pni ushlay olmadik. Shu sababli himoyada harakat qildik. Hakimovni jamoaga asta-sekin ko'niktirib boryapmiz. Unda texnik tayyorgarlik tarafdan bazi kamchiliklar bor va mashg'ulotlarda buning ustida ishlayapmiz. Jasur yanada yaxshi saviyada o'ynay oladi", - deydi Kolosovskiy.

"Paxtakor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia