Grant: "Gana o'zining yosh jamoasi bilan faxrlansa bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
9 fev 2015, 11:46
Gana terma jamoasi bosh murabbiyi Avraam Grant Afrika millatlar Kubogi finalida Kot-d’Ivuardan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:0, penaltilar bo'yicha 8:9), o'z jamoasi bilan faxrlanishini ta'kidladi.

"Finalgacha yetib kelish - biz uchun katta muvaffaqiyat. Bu voqeadan xursandamn, chunki biz favoritlar safida bo'lmaganmiz, ammo jamoamiz tomoshabop futbol namoyish eta oldi.

Futbolchilar meni baxtli qilishdi va bu haqda o'yindan so'ng ularga so'zlab berdim. Hal qiluvchi bahsda biz yaxshi o'yin namoyish etdik, ammo etarli darajada imokoniyatlar yarata olmadik. Gana o'zining yosh jamoasi bilan faxrlansa bo'ladi" - deydi Grant.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com