Gosens "Barselona"ga o'tish uchun ochiq

Alisher
5 iyul 2021, 11:21
"Atalanta" himoyachisi Robin Gosens "Barselona"ga o'tish uchun ochiq.

Futbolchi agenti hisoblangan otasiga tez orada kelib tushadigan takliflarni ko'rib chiqishni aytdi.

Gosens uchun bosh da'vogarlardan biri "Barselona" bo'lib turibdi. Kataloniyaliklar nemisning ehtimoliy transferi borasida ishlashmoqda. O'yinchi "ko'k-anorranglilar"ga qo'shilishga tayyor, ammo barchasi klublar o'rtasidagi muzokaralarga bog'liq.

26 yoshli futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal